Millat xalq; milliy esa sifat — o'sha millatga tegishlilik.
millat: O'zbek millati boy tarixga ega.
milliy: Milliy kiyim kiyib chiqdim.
Abonent odam yoki tashkilot; abonement esa huquqni tasdiqlovchi hujjat yoki chipta.
Adresat qabul qiluvchi; adresant yuboruvchidir.
Diplomat davlat vakili; diplomant esa mukofotlangan qatnashchi.
Effekt natija yoki ta'sir; affekt esa psixologik holatdir.